Nurota tumani prokurori N.Avazov hamda tuman hokimi A.Fayziyev rahbarligida tumandagi kichik va yoshlar sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Nurota tumani prokurori N.Avazov hamda tuman hokimi A.Fayziyev rahbarligida tumandagi kichik va yoshlar sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida sanoat zonalarida ishlab chiqarish faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud infratuzilma va shart-sharoitlarni yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni tezkor va samarali hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar belgilandi. Mazkur topshiriqlarning ijrosi nazoratga olindi