Биз ҳақимизда

Tashkilot haqida

Direksiya — viloyat hokimligi qarori asosida, kichik sanoat zonalari (KSZ) faoliyatini tezkor boshqarish uchun hokimlik huzurida tashkil etilgan davlat muassasasi.

  Faoliyatimiz Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan «Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizom» hamda hokimlik tasdiqlagan ustav asosida yuritiladi.

 Kichik sanoat zonasi — ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan, chegaralari aniq belgilangan va xizmat koʻrsatuvchi infratuzilmaga ega hudud qismi. Bunday zonalar faoliyat koʻrsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalari negizida tashkil etiladi.

 Direksiya zona hududidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari boʻyicha ijaraga beruvchi hisoblanadi hamda zonaning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi sifatida ish yuritadi.

Faoliyatimiz

    Nizomning 11-bandiga muvofiq direksiyaning asosiy vazifalari:

  • zona hududida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va investorlarni topish;
  • zonada tashkiliy-boshqaruv faoliyatini amalga oshirish;
  • ishtirokchilar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida bitimlar hamda uzoq muddatli ijara shartnomalarini tuzish;
  • Maʼmuriy kengash maʼqullagan loyihalarni joylashtirish va ishtirokchilar roʻyxatini yuritish;
  • ishtirokchilar oʻz zimmasiga olgan majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring olib borish;
  • keyinchalik ijaraga berish yoki sotish uchun ishlab chiqarish inshootlari va maʼmuriy binolar qurish;
  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda yordam berish;
  • ishlab chiqarish, moliya, marketing, huquqiy va tashqi iqtisodiy masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
  • ishtirokchilar va boshqa xoʻjalik subyektlari oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishga koʻmaklashish;
  • shartnoma shartlari buzilgan hollarda bitimlarni bekor qilish masalasini Maʼmuriy kengash muhokamasiga kiritish.

   Zonaga tadbirkorlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov boʻsh maydon, bino va inshootlar mavjud boʻlganda ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi, u haqda 30 kun oldin eʼlon beriladi. Yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali beriladi.

Maqsadlarimiz

  • zona uchun belgilangan tarmoq ixtisoslashuviga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish;
  • yangi doimiy ish oʻrinlari yaratish;
  • zonalarga real investitsiyalarni jalb qilish;
  • zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar asosida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
  • foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va boʻsh yer uchastkalarini iqtisodiy aylanmaga qaytarish.

РАҲБАРИЯТ